Ilmiy va innovatsion faoliyat yurituvchi yuridik shaxslarning reyestrini joriy etish rejalashtirilmoqda
O‘zbekistonda ilmiy va innovatsion faoliyat yurituvchi yuridik shaxslarning reyestri joriy etilishi ko‘zda tutilmoqda. Ular har yillik faoliyati natijalari bo‘yicha baholab boriladi. Ilmiy tanlovlarda va buyurtmalarni shakllantirishda ularning reyting baholash natijalari ko‘rsatkichlari e’tiborga olinadi.