“Yangi format”: Shavkat Mirziyoyev va Olaf Shols yetakchi kompaniya hamda banklar vakillari bilan uchrashdi
O‘zbekiston prezidenti va Germaniya kansleri Samarqandda yetakchi kompaniya va banklar vakillari bilan uchrashdi. Shavkat Mirziyoyev unda asosan xususiy sektordagilar ishtirok etganini aytib, buni “yangi format” deb atadi. “Yashil energetika”, kimyo sanoati, mashinasozlik kabilar ustuvor yo‘nalish sifatida ko‘rildi.