Sheroboddagi hibsxonada mahbuslar uchun yetarli sharoitlar yaratilmagani aniqlandi
Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi vaqtincha saqlash hibsxonasida mahbuslarga yetarli sharoitlar yaratilmagan, deya ombudsman monitoring natijalarini e’lon qildi. Kameralarda qator jihozlar yetishmaydi, choyshab va yostiq jildlari ham monitoring kuni almashtirilgan, yuvinish xonalari gigiyenaga javob bermaydi.