O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari yana rekordni yangilab, 39 mlrd dollardan oshdi
Avgust oyida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari oltin qimmatlashgani fonida yana rekordni yangiladi va 39,1 milliard dollarga yetdi. Yil boshidan buyon oltin zaxirasining qiymati 5,77 milliard dollarga oshdi.