O‘zbekistonda nogironligi bor bolalar uchun mo‘ljallangan ilk maktabdan fotoreportaj
Toshkent shahridagi 298-maktabning birinchi qavati va hovlisi nogironligi bo‘lgan bolalar uchun moslashtirildi. U yerda ko‘zi ojizlar uchun panduslar, lift, panjara va taktil plitkalar o‘rnatilgan. Ovqatlanish xonasi va sanuzel ham tashkillangan. Bu O‘zbekistonda inklyuziv infratuzilmaga ega birinchi maktabdir.