Jizzaxda fuqarodan tergov jarayonida yengillik yaratib berish evaziga 400 mln so‘m talab qilgan shaxs ushlandi
Jizzaxda tergov jarayonlarida gumondordan qo‘shib yozish holatlarini ko‘rsatmaslik hamda tanishlari orqali tergov jarayonlarida yengillik yaratib berish evaziga 400 mln so‘m talab qilgan shaxs ushlandi. Qashqadaryoda esa noqonuniy ravishda qum qazib olishga ko‘z yumish evaziga pul talab qilgan mansabdor qo‘lga olindi.