Denovda yo‘l qurish uchun minglab daraxtlarni kesish masalasi yana kun tartibiga chiqdi
2023-yil iyulida Ekovazirlik rad javobidan keyin Surxondaryo va Buxorodagi avtomobil yo‘li qurilishida o‘n minglab daraxt kesilishi to‘xtatib qolingandi. Vazirlik “inson hayoti xavfsizligini ta’minlash nuqtai nazaridan” loyihani amalga oshirish masalasi hukumat komissiyasida ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qildi.