Foto. Toshkent xalqaro aeroporti qanday o‘zgardi: panjarasiz hudud, Pax Track va boshqalar
Toshkent xalqaro aeroportining uchib ketish zali yangi ko‘rinishda ochildi. Bino panjaralardan xalos bo‘ldi, endi u yerga mashinada borish mumkin. Yo‘lovchilar va kuzatuvchilar uchun katta zal va ichki hovli paydo bo‘ldi. Keyinroq uchib kelish va ketish zallari birlashtiriladi, bu esa aeroportning sig‘imini oshiradi.