Raqobat qo‘mitasi reklamada to‘liq ma’lumot bermagani uchun “Ipak yo‘li” bankiga jarima qo‘lladi
Raqobat qo‘mitasi omonat turlari reklamasida muhim ma’lumotlar to‘liq berilmagani uchun “Ipak yo‘li” bankiga moliyaviy jarima qo‘lladi. Bankka qonun buzilishi holatini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ko‘rsatma berildi.