35 ta holatda o‘qituvchi va shifokorlar “Tashabbusli budjet"ga ovoz yig‘ishga majburlangan bo‘lishi mumkin — IMV
“Tashabbusli budjet” loyihalariga ovoz berish jarayonida respublika bo‘ylab ovoz yig‘ishga majburlash holatlari bo‘yicha 39 ta shikoyat kelib tushdi, deb yozdi Iqtisodiyot va moliya vazirligi. Ularning 35 tasi o‘qituvchi va shifokorlar bilan bog‘liq. Agar ular o‘z tasdig‘ini topsa, loyihalar jarayondan chetlatiladi.