Andijondan Nukusga piyoda yo‘lga chiqqan “omon qolish bo‘yicha ekspert” bir oyga qolmay salkam 400 ming obunachi yig‘di. Mana uning hikoyasi
Iyul oxirida Nukus tomon piyodaga yo‘lga chiqqan oltinko‘llik Shohjahon O‘razaliyev o‘ziga xos shov-shuvga aylandi. U uch haftada Samarqandga yetib keldi, bu vaqt ichida undan ilhomlangan “piyoda sayohatchilar” paydo bo‘ldi, Instagram’idagi obunachilari esa 370 mingdan oshdi. “Gazeta.uz” uning hikoyasini havola qiladi.