Sergelidagi gastronomik ko‘cha boshqalaridan nimasi bilan farq qiladi? Tafsilotlar
Sergeli tumani hokimi Elbek Shukurov So‘g‘diyona va Jaloyir ko‘chalari kesishmasida 1,2 km uzunlikdagi gastronomik ko‘cha loyihasini taqdim etdi. Ustuvorlik piyodalarga beriladi, avtobuslar bo‘ladi, qulay mikroiqlim yaratiladi. “Ushbu ko‘cha misolida boshqa ko‘chalar ham tartibga keltiriladi”, — dedi u.