Namanganda noqonuniy dori sotgan tez tibbiy yordam feldsheri va uning sheriklari qamaldi
Namangan viloyatida tez tibbiy yordam feldsheri uyida yashirin sex ochib, “Zodak”, “Anaferon” va “Vitamin V6” dorilarini sotish uchun tayyorlab qo‘ygani ma’lum bo‘ldi. DXX feldsherni kerakli buyumlar bilan ta’minlagan boshqa shaxsni ham qo‘lga oldi. Ular 5,5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.