Andijon shahri sobiq hokimi Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi
Andijon shahri sobiq hokimi Dilmurod Rahmatullayev shahar Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i bo‘ldi. U 2017-yilda shahardagi ta’lim muassasalari rahbarlarini haqoratlagani uchun jarimaga tortilgan, 2019-yilda esa ishdan olingandi.