O‘zbekcha YouTube — 2024-yil iyulida: Behzod Hoshimov va “Anjanliklar keldi”, 1000 ta kitob va “Kino ko‘rdim”
“Gazeta.uz” tahririyati YouTube’dagi o‘zbekistonlik mualliflar tomonidan tayyorlanayotgan kontentning oyma-oy sarhisobini berishda davom etadi. Iyul oyidagi ro‘yxatdan avvalgi sarhisoblarda bo‘lmagan yangi loyihalar o‘rin oldi, ba’zilarida esa o‘zgarish kuzatildi.