O‘zbekiston va Qozog‘iston Qo‘shma investitsiya jamg‘armasi tashkil etmoqchi
O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari Ostonada o‘tgan muzokaralarda tovar ayirboshlash hajmini 10 mlrd dollarga yetkazish, Sirdaryoda Xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazi va Qambarota GES-1 qurilishini tezlashtirishga kelishib oldi. Tomonlar Qo‘shma investitsiya jamg‘armasini tashkil etish masalasini o‘rganadi.