Toshkentdagi yong‘inda daraxtlar “jiddiy” zararlandi — hokimlik
Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 100 kv. metr ochiq maydonda qurigan o‘tlar sabab yong‘in yuzaga keldi. Oqibatda hududda mavjud daraxtlar jiddiy zararlandi. Tergov boshlandi, zarar miqdori aniqlanmoqda, deb yozdi tuman hokimligi.