90 ming dollar pora bilan ushlangan Kogon tumani prokurori 15 yilga qamaldi
Kogon tumani prokurori Bahodir G‘ulomov 90 ming dollar pora olishda gumonlanib qo‘lga tushgandi. Sud hukmi bilan unga 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Shuningdek, uning sheriklari ham uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.