Endi ichki yo‘llarni saqlash hududiy obodonlashtirish boshqarmalari zimmasida bo‘ladi
Prezidentga olib kirilgan taqdimotga ko‘ra, ichki yo‘llar va ko‘priklar hokimiyatlar balansida ekani sababli ularning ko‘pi “ta'mirtalab holatda”. Shu bois endi hududiy obodonlashtirish boshqarmalarida ichki yo‘llarni saqlash xizmatlari tashkil etiladi. Ular eng zarur 4 turdagi maxsus texnika bilan ta’minlanadi.