Qozog‘iston prezidenti Ostonada O‘zbekiston rahbari yordamchisi Saida Mirziyoyevani qabul qildi
Qozog‘istonda o‘tayotgan “Zakovat” xalqaro intellektual o‘yinlari munosabati bilan Ostonaga borgan O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyevani Qosim-Jomart Toqayev qabul qildi. Qozog‘iston rahbari ikki davlat prezident adminstratsiyalari o‘rtasida aloqalarni yo‘lga qo‘yish muhimligini ta’kidladi.