Toshkent YHXB boshlig‘i bahorda lavozimidan ozod etilgan, lekin bu haqda rasman e’lon qilinmagan
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasini 5 yildan ortiq vaqt davomida boshqargan Rafiqjon Jalilov egallab turgan lavozimidan ozod etilgan. May oyidan buyon poytaxt yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i vazifasini Muhammad Odilov bajarib kelayotgan edi.