Tibbiyot chiqindilaridan issiqlik energiyasi ishlab chiqariladi
O‘zbekiston AQSh hamkorligida tibbiyot chiqindilaridan muqobil issiqlik energiyasi ishlab chiqarishni boshlaydi. Tibbiyot chiqindilarini to‘liq yetkazib bermaslik javobgarlikka sabab bo‘ladi. Tayyor energiya shifoxonalar, shuningdek, boshqa shaxslar tomonidan ham sotib olinishi mumkin.