Qurilish materiallarida taklifning oshishi yangi binolar narxini pasaytiradi — MB
Ichki bozorda qurilish materiallarining taklifi oshib bormoqda, bu narxlar barqarorlashuviga va yangi uy-joylar narxi pasayishiga ta’sir ko‘rsatmoqda, deb ta’kidladi Markaziy bank. Regulyator import qurilish materiallarida narx xavfini ko‘rmayapti.