Samarqandda SHHT sammiti oldidan kengaytirilgan yo‘lda bolani mashina urib yubordi. U omon qolmadi
Samarqandda Nexia 2022-yilgi SHHT sammiti oldidan kengaytirilgan yo‘ldan o‘tayotgan 7 yoshli bolani urib yubordi. “Peshexod”lar orasidagi masofa 1 km bo‘lgani uchun aholi doimiy ravishda bu yerdan yo‘lni kesib o‘tadi. Viloyat YHXB aholini bolalarga e’tiborli bo‘lishga, yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishga chaqirdi.