Farg‘onada fuqarolarga soxta to‘pponcha o‘qtalib, video olgan bloger 5 sutkaga qamaldi
Qo‘qon shahrida bloger fuqarolarga soxta to‘pponcha o‘qtalib, buni videoga oldi. Sud unga nisbatan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinladi. Bloger yil boshida ham avtomobil yo‘lida stolga o‘tirgancha ovqatlanayotgani uchun jarimaga tortilgandi.