Dollar o‘zbek so‘miga nisbatan arzonlashishda davom etmoqda
Markaziy bank tomonidan belgilangan AQSh dollarining so‘mga nisbatan kursi ketma-ket oltinchi savdo kuni pasayib, 12 555 so‘mga yetdi. Bu mart oyi o‘rtalaridan beri eng minimal ko‘rsatkich.