Jizzax viloyatidagi BYD zavodi ilk avtomobillarini ishlab chiqardi
![Jizzax viloyatidagi BYD zavodi ilk avtomobillarini ishlab chiqardi](https://www.gazeta.uz/media/img/2024/06/o4jDdq17194775572473_b.jpg)
Prezident Jizzaxdagi BYD Uzbekistan Factory avtomobil zavodiga tashrif buyurdi. Hozir u yerda 2 modeldagi avtomobil ishlab chiqarilmoqda. 1-bosqichda ishlab chiqarish quvvati yiliga 50 ming dona, 3-bosqichga yetib 500 ming donani tashkil etadi. Mahalliylashtirish darajasi ham bosqichma-bosqich ortishi kutilmoqda.