O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘zaro savdo hajmini 5−10 barobarga oshirmoqchi
O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston prezidentlari imtiyozli savdo va bozorlarga kirish sharoitlarini o‘zaro yengillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlashga kelishib oldi. Mo‘g‘uliston O‘zbekistonga go‘sht yetkazib beradi va chorvachilik klasterlari yaratadi. Yaqin yillarda o‘zaro savdo hajmini 5−10 barobarga oshirish reja qilinmoqda.