Mirziyoyev Dog‘istondagi teraktlar munosabati bilan Putinga hamdardlik bildirdi
O‘zbekiston prezidenti Darband va Maxachqal’adagi teraktlar munosabati bilan Rossiya prezidentiga hamdardlik bildirdi. Ikki cherkov, ikkita sinagoga va yo‘l-patrul postiga uyushtirilgan hujumlar oqibatida o‘nlab odamlar halok bo‘ldi va yaralandi.