Prezident temiryo‘l va aviachiptalarni safardan kamida olti oy oldin savdoga chiqarish bo‘yicha topshiriq berdi
Turizm masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda prezident temiryo‘l va aviachiptalarni kamida olti oy oldin sotuvga chiqarishni topshirdi. Shuningdek, chet ellik ijrochilar konsertlarini o‘tkazishga qo‘yiladigan talablarni qayta ko‘rib chiqish va qo‘shni davlatlar bilan chegaradan o‘tish jarayonini osonlashtirish buyurildi.