Yozda Jizzaxda kichik AES qurilishi boshlanadi
Yozda Jizzax viloyatida Rossiya loyihasi bo‘yicha kam quvvatli (330 MVt) AES qurilishi boshlanadi. “Rosatom” uchun bu shu turdagi stansiya qurish bo‘yicha birinchi eksport shartnomasi hisoblanadi. “Tanlangan maydon allaqachon tekshirilgan, yaroqliligi va xavfsizligi tasdiqlangan”, — deyiladi rasmiy xabarda.