“Maktab bitiruvchilari emas”. Jizzaxda Lacetti avtobus bilan to‘qnashdi, bir kishi halok bo‘ldi
Sharof Rashidov tumanida Lacetti avtobus bilan to‘qnashishi oqibatida 2 kishi jarohat olib, shifoxonaga yotqizildi. Yengil mashinaning 21 yoshli yo‘lovchisi voqea joyida vafot etdi. Jizzax viloyati IIB fuqarolar tarmoqlarda aytilgani kabi maktab bitiruvchilari emasligi, ular to‘yga ketayotgan bo‘lganini bildirdi.