Shaffof gaz “zapravka"lari egalari va xodimlariga nisbatan hukm chiqarildi
Sud Shaffof metan “zapravka"lari egalari va ishchilariga hukm o‘qidi. Ish materiallarida 447,5 mlrd so‘mlik soliqlarni to‘lamaganlik, 1,37 trln so‘mlik savdo qoidalarini buzish, jinoiy daromadlarni legallashtirish holatlari qayd etilgan. Asosiy ayblanuvchilar — aka-uka Toshmatovlar — 9 yil 2 oyga qamaldi.