Senat Soliq kodeksining 227−1-moddasi bo‘yicha jarimani 98 foizga kamaytirish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
Senatorlar Soliq kodeksining 227−1-moddasini o‘zgartirish bo‘yicha qonunni ma’qulladi. Bu modda yuzasidan jarima chorakdagi sof daromadning 100 foizidan 2 foizigacha kamayadi. Ma’lum bo‘lishicha, modda bo‘yicha 1,5 mingdan ortiq tadbirkor jarimaga tortilgan va 735 mlrd so‘m jarima solingan.