Zargarlik uchun qimmatbaho toshlarni olib kirish 3 yilga QQSdan ozod qilindi
Prezident imzolagan qonun bilan 2027-yil 1-yanvargacha zargarlik buyumlari ishlab chiqarish uchun qimmatbaho toshlarni olib kirish QQSdan ozod qilindi. Shuningdek, dam olish mavsumidan boshqa vaqtda bolalar oromgohlarida xizmat ko‘rsatgan tadbirkorlar foyda solig‘i to‘lamaydi.