Toshkentda may-avgust oylarida “Bitiruvchi va talaba-yoshlar” loyihasi o‘tkaziladi
Toshkent shahrida may-avgust oylarida 1 mln kishini qamrab olishi kutilayotgan “Bitiruvchi va talaba-yoshlar” loyihasi o‘tkaziladi. Bunda yoshlarning bandligiga ko‘maklashish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, IT va zamonaviy biznes sohalariga yo‘naltirishga oid 60 dan ortiq tadbir o‘tkazish belgilangan.