Ekologik partiya Do‘stlik bog‘i yuzasidan Toshkent hokimligiga deputatlik so‘rovini yuboradi
Toshkent hokimligi Do‘stlik bog‘idagi daraxt va yashillikni saqlab qolishlari, attraksionlar o‘rnatilmasligi va bog‘ni rekonstruksiya qilish loyihasini jamoatchilikka taqdimot qilishlari lozim, deya ta’kidladi Ekologik partiya. Shu yuzasidan partiya hokimlikka deputatlik so‘rovini yuborishni ma’lum qildi.