Buxoroda qariyb 300 yil oldin yasalgan tangalarni Rossiyaga olib ketayotganlar to‘xtatib qolindi
Buxoro aeroporti orqali Rossiyaning Vnukovo tumaniga ketayotgan ikki fuqaro yonidan 1751-yilda Yekaterinburgda yasalgan 4 ta qadimiy tanga topildi. Numizmatik ashyolar doimiy saqlash uchun Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasiga topshirildi.