Tojikiston TIV “Krokus”dagi terakt gumonlanuvchilarining qiynoqqa solinishini qoraladi
Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muxriddin Minskda bo‘lib o‘tgan MDH tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida “Krokus”dagi teraktda gumonlanayotganlarning qiynoqqa solinishini qoraladi. “Bu yo‘l bilan olingan iqrorlarning bahosi hammaga yaxshi ma’lum”, — dedi u.