“Belarus azaldan O‘zbekistonga nisbatan birodarlik kayfiyatida bo‘lgan. Doim shunday bo‘lib qoladi” — Lukashenko
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Minskda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan uchrashdi. Belarus rahbari tovar ayirboshlash hajmini oshirish va qo‘shma korxonalar tashkil etish, xususan, BelAZ bilan kelishuvlarni bajarishga tayyorligini ma’lum qildi.