“Xodimlarning ish haqi buyurtmachi oldida bajarilgan ishning muvaffaqiyatiga bog‘liq”. Enter Engineering — quruvchilarning ish haqi kechikayotgani haqida
Enter Engineering xodimlari ish haqi kechikayotganidan shikoyat qilmoqda, Olmaliqdagi 3-MBF ishchilari uch oydan beri maosh olmayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Kompaniya vaziyatga izoh berib, fevral oyi uchun maosh to‘laganini, ish haqi buyurtmachi oldida bajarilgan ishning natijasiga bog‘liq ekanini ma’lum qildi.