“Shengen Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun ilhom manbai bo‘lib xizmat qilishi mumkin” — YI delegatsiyasi rahbari
Yevroittifoqning Toshkentdagi delegatsiyasi 31-martdan boshlab Bolgariya va Ruminiya Shengen hududi tarkibiga kirishini bildirdi. “Shengen YIning eng qimmatbaho gavhari bo‘lib qolmoqda, u Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun ham ilhom manbai bo‘lib xizmat qilishi mumkin”, — dedi YI elchisi Sharlotta Adrian.