Foto: O‘zbekistonda 1990−2004-yillarda Navro‘z bayrami qanday nishonlangan?
Toshkent Fotosuratlar uyida “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z” nomli ko‘rgazma ochildi. Unda Navro‘z bayramiga oid Kinofotofono hujjatlari milliy arxivida saqlanayotgan va O‘zA taqdim etgan 120 dan ortiq fotosuratlar namoyishga qo‘yilgan. Ko‘rgazma 28-martgacha davom etadi.