O‘zbekistonning to‘rt hududida noqonuniy benzin sotgan fuqarolar aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament Toshkent shahri va viloyati, Qashqadaryo hamda Navoiy viloyatlarida asosan Ai-80 benzin yoqilg‘isini noqonuniy sotayotgan shaxslarni aniqladi. Respublikada oxirgi bir oy ichida ushbu markadagi benzin taqchilligi kuzatilmoqda.