“Bunyodkor” Rivaldo va Denilson oldidagi 9,2 mln yevro qarzi bo‘yicha izoh berdi
“Bunyodkor” direktori Murod Aliyev klub huquqshunoslari Rivaldo va Denilsonga qariyb 9,2 mln yevro to‘lash bo‘yicha FIFA qarorini yumshatish ustida ishlayotganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu qarzni to‘lash masalasini klub rahbariyati, ya’ni “O‘zbekneftgaz” davlat kompaniyasi hal qiladi.