Toshkentga to‘rt vagonli 3 ta metro poyezdi olib kelindi
Toshkent metrosiga to‘rt vagonli 3 ta metro poyezdi keltirildi. Ular 8−10 kun sinovdan o‘tkazilgach, “Yunusobod” va “Yer usti halqa yo‘li” yo‘nalishlarida harakatga chiqariladi. May oxiriga qadar yana shunday 8 ta metro poyezdi olib kelish reja qilinmoqda.