Cheklovlar kiritilishi sabab bo‘lgan Buxorodagi 2 ta elektr uzatish tarmog‘ida yuz bergan nosozlik bartaraf etildi
Energetika vazirligi Buxoro viloyatida kuchli shamol natijasida yuqori kuchlanishdagi 2 ta elektr uzatish tarmog‘ida yuz bergan nosozlik to‘liq bartaraf etilganini ma’lum qildi. Shuningdek, vazirlik 21-fevral kuni 12 ming tonna mazut yoqilganini qayd etdi.