Xitoyning CAMCYe kompaniyasi Toshkentdagi 764 gektar maydonga ega maxsus sanoat zonasi boshqaruvini oladi
Prezident Yangihayot tumanida qurilayotgan “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasiga bordi. Zonani boshqarish, investorlarni jalb qilish va infratuzilmani rivojlantirish Xitoyning CAMCE kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi. Shuningdek, JAC Motors zavodi va boshqa qator loyihalarni yo‘lga qo‘yish reja qilingan.