Samarqand davlat chet tillar instituti yotoqxonasi qurilishi sifatsiz ishlar sabab to‘xtatildi
Samarqand davlat chet tillar institutining yotoqxonasi qurilishi nazorat inspeksiyasi ro‘yxatidan o‘tkazilmay o‘zboshimchalik bilan olib borilgani aniqlandi. Shuningdek, jarayon sifatsiz bajarilgani tufayli qurilish to‘xtatildi. Avvalroq, Agrar universitet yotoqxonasi qurilishi ham kamchiliklar sabab to‘xtatilgandi.