Prezident Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni hukumati rahbarini qabul qildi
Shavkat Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom viloyati xalq hukumati raisi Erkin Tuniyazni qabul qildi. Uchrashuvda O‘zbekiston viloyatlari va SHUAR o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Xitoy bilan o‘zaro savdo hajmining qariyb 10 foizi ushbu mintaqa hissasiga to‘g‘ri keladi.